"Napoli" klubi hujumchisi Lorenso Insine klub bilan shartnoma imzolashni kutmoqda, deya xabar bermoqda "La Gazzetta dello Sport" nashri. 

Ma'lum bo'lishicha, italiyalik futbolchi o'z klubi bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida va u yangi bitim bo'yicha neapolliklar bilan kelishib olmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Napoli" o'z futbolchisini 25-30 million evroga sotishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalayotgan edi.