Leo Estigor "Napoli"dan "Renn"ga o'tadi.

Foot Mercato nashri xabariga ko'ra, barcha tomonlar himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan.

"Renn" shartnomasi tugashiga 2 yil qolgan Estigor uchun taxminan 8 million evro to'laydi.

O'tgan mavsumda 24 yoshli norvegiyalik futbolchi A Seriyada 25 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.