Italiyaning "Napoli" klubi Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

"Fenerbaxche" himoyachisi Ferdi Kadiog'lu faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Takvim.com.tr sayti xabariga ko'ra, futbolchi "Napoli"ning qiziqish doirasiga tushib qolgan. Italiya klubi vakillari Turkiya-Latviya uchrashuviga Kadiog'luni ko'rish uchun etib kelishdi.