"Napoli" klubi sport direktori Jiuntoli jamoa himoyachiisi Kulibali haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"U jamoamiz uchun muhim futbolchi sanaladi. Hozirga qadar Kulibali uchun jiddiy taklif qabul qilmadik. Biz esa unga yangi bitim va mavsumiy 6 million evrolik maosh taklif etdik. Kelajakda u jamoamiz etakchisi bo'ladi".

Kulibali uchun "Chelsi" hamda "PSJ" qiziqish bildirgan.

Manba: stadion.uz