"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku tez orada "Napoli" futbolchisiga aylanishi mumkin.

El Chiringuito nashri xabariga ko'ra, neapolliklar 30+10 million evro to'laydilar. Shartnoma uch yil muddatga amal qiladi.

O'tgan mavsum belgiyalik forvard "Roma"da ijara asosida o'ynadi. Lukaku barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda 21 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.