"Inter" va "Roma" klubining sobiq yarim himoyachisi Raja Nainggolan "Spartak" jamoasiga o'tishi mumkin.

"SE" nashri xabariga ko'ra, 35 yoshli belgiyalik futbolchi Moskva klubiga taklif qilingan. U erkin agent maqomida.

Iyul oyida Nainggolan Italiyaning SPAL klubini tark etgandi.

Futbolchining narxi 800 ming evroga baholanmoqda.

Nainggolan "Inter" bilan skudettoni qo'lga kiritgan.