"Manchester Yunayted" mavsum yakunlangach, "Roma" himoyachisi Kostas Manolasni qo'shib olmoqchi.

Manchesterliklar gretsiyalik 27 yoshli futbolchi uchun 36 mln evro tovon puli to'lashga tayyorlar.

"MYu" Manolas ga yillik 6 mln evro maosh to'lashga rozi.

"Roma" o'z futbolchisining tovon pulini oshirish maqsadida u bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha behuda urinmoqda.

Manolasning rimliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan.