"MYu" yo'q joydan 1 million funt ishlab oldi

"Luton Taun" sobiq "MYu" futbolchisi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi Taxit Chong "Birmingem Siti"dan "Luton Taun"ga ko'chib o'tgan.
Uning bu transferi 4 million funtga baholandi. Shu puldan 1 million funtni "MYu" oladigan bo'ldi. Negaki, o'tgan yozda hujumchi "Birmingem"ga sotilgan va bitimga 25 foizlik transfer haqini olish sharti ham qo'shib qo'yilgan. Shu sabab hujumchi "MYu"ga foyda keltirdi.
Manba: goal.com