"MYu" va "Tottenxem" nemis himoyachisi uchun kurashadi

Ikki APL giganti "Lids Yunayted" futbolchisi uchun kurashadi. Xabarlarga ko'ra, Robin Koxga "Tottenxem" va "MYu" qiziqish bildirmoqda. Germaniya terma jamoasi a'zosi 2020 yildan beri yorkshirliklar safida edi.
Ammo u yozda yangi jamoaga o'tishi kerak. "MYu" va "shporlar" esa markaziy himoyachi uchun da'vo qiladi. Avvalroq Kox uchun Bundesligadan ham taklif borligi haqida xabar qilgan edik.
Manba: 90min.com