Frantsiyaning "Lans" himoyachisi Jonatan Kloss kelasi mavsumda Premer-ligada o'ynamasa kerak. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi bugun "Marsel" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

29 yoshli himoyachi provansliklar uchun 8 million evroga tushadi. O'tgan mavsumda futbolchi Frantsiya chempionatida 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" yaqin vaqtgacha Klossning nomzodini ko'rib chiqqandi.