"Manchester Yunayted" u uchun kurashmaydi. Xabarlarga ko'ra, "PSV" futbolchisi  Xavi Simons "PSJ"ga qaytgan va yarim himoyachi uchun "MYu" kurashmaydi. Fabritsio Romanoning aytishicha, parijliklar Simonsni 6 million funtga qayta sotib olish huquqidan foydalangan.

19 yoshli futbolchi yangi mavsumda "Leyptsig"ga ijaraga berilishi kutilmoqda. Futbolchining o'zi doimiy o'yin vaqti xohlaydi. Shu sababdan u "PSJ"da qolmaydigan bo'ldi.

Manba: teamtalk.com