"Selta" yarim himoyachisi Gabri Veyga kelasi mavsumda Premer-ligada ishtirok etishi mumkin. Insayder Marko Ruizning xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" futbolchining atrofidagilar bilan muzokara o'tkazgan.

Veyga - "Manchester Yunayted"ning markaziy yarim himoya pozitsiyasi uchun variantlaridan biri. Oldinroq futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirayotgan edi.

Veyga joriy mavsum Ligada 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 20 yoshli futbolchining "Selta" bilan shartnomasida tovon puli 40 million evroni tashkil qiladi.