"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida bir nechta futbolchilar bilan xayrlashadi. Xabarlarga ko'ra, Sir Jim Retkliff boshqaruvga kelishi bilan jamoadagi "og'ir yuklar"ni sotadi.

Ushbu futbolchilar soni 5 tagacha bo'lishi aytilgan. Ayni damda ular ichida Antoni va Sancho borligi ma'lum. Avvalroq Retkliff "MYu"ning 1.3 milliard funtlik 25 foiz aktsiyasini xarid qilishi haqida xabar qilingandi.

Manba: caughtoffside.com