"MYu" qishda ikki nafar etakchisi bilan xayrlashishi mumkin
Qishki transfer oynasi vaqtida "Manchester Yunayted" birdaniga ikkita asosiy tarkib futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.
Football Insider nashri xabariga ko'ra, birinchi bo'lib chiqib ketadigan o'yinchi - pleymeyker Jessi Lingard, u 2022 yilning yozida tugaydigan shartnomasini yangilashdan bosh tortadi.
Angliyalik yarimhimoyachiga asosiy da'vogar "Vest Xem" bo'lib qolmoqda, u hali ham
futbolchi transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Shuningdek, Manchester Evening News nashri Nemanya Matichning ham klubini o'zgartirishni istayotgani haqida xabar beradi.
Tajribali yarimhimoyachi 1 avgust kuni 33 yoshga to'ldi va ko'proq o'yin amaliyotni xohlaydi.
Nemanbya kelasi yilning yanvar oyida klubdan uni boshqa jamoaga qo'yib yuborishini so'rashi kutilmoqda.