"Portu" himoyachisi Eder Militao faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Braziliyalik 20 yoshli futbolchining transferiga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Bu futbolchining nomzodi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali variantidan afzalroq ko'rilmoqda.

Militaoning transferi 40 mln funtga baholanmoqda. Evropada birinchi mavsumini o'tkazayotgan o'yinchi vatanida "San-Paulu" safida o'ynagan.