Fakundo Pelistri yanvar oyida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, PSV urugvaylik yarim himoyachini ijaraga olish borasida "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshlagan.

Ma'lum qilinishicha, Pelistriga "Los-Anjeles Gelaksi" ham qiziqish bildirmoqda va yaqin orada klub futbolchining to'liq transferi bo'yicha taklif bilan chiqadi.

Joriy mavsumda Pelistri "Manchester Yunayted" safida APLda 9 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.