"Manchester Yunayted" himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Nitstsa" futbolchisi Jan-Kler Todibo "qizil iblislar" safiga o'tishi mumkin.

Ayni damda fransuz futbolchisiga narx belgilangan. U kamida 50 million evroga baholanmoqda. Todiboga "Chelsi" va "Tottenxem" ham qiziqish bilan qaramoqda.

Manba: caughtoffside.com