“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transfer rejalarini ma'lum qildi.

Avvalroq, “qizil iblislar” “Kristal Pelas” himoyachisi Aarona Van-Bissakani sotib olgan edi. Jamoa endi bor e'tiborini “Sporting” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh va “Nyukasl” havbeki  Shon Longstaffaga qaratmoqchi , deya yozmoqda ESPN FC.

Qolaversa, jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher “Atletiko” futbolchisi Saul Niges va o'tgan mavsumning yarmini “Lester”da o'tkazgan “Monako” yarim himoyachisi Yuri Tilemansni ham o'z jamoasida ko'rmoqchi.