Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi hujumchisi Odion Igalo faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida Sky Sports xabar tarqatmoqda.

31 yoshli nigeriyalik hujumchi "Al-Shabab" jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ayni paytda tomonlar muzokara olib borishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Odion Igaloning so'nggi jamoasi "MYu" bo'lib, "qizil iblislar" safida ijara asosida to'p surgandi.