"MYu"ning hujumchi sotib olishi Marsyalga bog'liq

"Manchester Yunayted" qishda yangi hujumchi sotib olishi kerak. Xabarlarga ko'ra, klub rahbariyati tez orada Antoni Marsyal bilan xayrlashishni niyat qilgan.
Agarda u jamoadan ketsa, klub undan keladigan pulga yangi futbolchi xarid qiladi. Ayni damda 27 yoshli hujumchi klubda haftasiga 250 ming funt maosh olmoqda. Uning ketishi moliyaviy holatga ham ijobiy ta'sir o'tkazadi.
Manba: caughtoffside.com