Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi qishki asosiy transfer maqsadini ma'lum qildi. “Qizil iblislar” “Napoli” himoyaichi Kalidu Kulibalini sotib olmoqchi.

Get French Football News’ning xabar berishicha‏, “MYu” 27 yoshli himoyachini tezroq jamoaga olib kelmoqchi.

Eslatib o'tamiz, “Napoli” Kulibalini 100 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Joriy mavsum u 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.