“Manchester Yunayted” joriy mavsum yakunlangach “Roma” himoyachisi Kostas Manolasni sotib olmoqchi.

Mankunianliklar 27 yoshli futbolchini shartnomasida yozilgan tovon puli (36 mln evro) to'lashga tayyor.

Manolasga esa“MYu”yilliga 6 mln evro maosh berishga rozi.“Roma” gretsiyalik himoyachi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi yoki uning tovon pulini oshirmoqchi.

Manolasning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda tugaydi.