"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Uan-Bissakka qiziqmoqda, deb yozadi "Daily Mail".

Manbaga ko'ra, mankunianliklar futbolchi uchun yozda 39,2 mln evro to'lashga tayyor. "MYu" tarkibida Uan-Bissak yozda klubni tark etadigan Antonio Valensiyaning o'rnini egallashi mumkin.

21 yoshli futbolchi joriy mavsumda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.