"MYu" keyingi "o'lja"ga e'tibor qaratadi

"Manchester Yunayted" tarkibini yangilash ishlarini davom ettiradi. Xabarlarga ko'ra, "MYu" endi "PSV" futbolchisi Kodi Gakponi ham o'z tarkibiga jalb etmoqchi. 23 yoshli futbolchida hozirda o'z taqdirini hal qilish uchun 3 kun bor.
Ayni damda Gakpo 51 million funtga baholanmoqda. Avvalroq "MYu" 100 million evroga Antonini "Ayaks"dan xarid qilgani haqida xabar qilgandik.
Manba: caughtoffside.com