"MYu" hujumi uchun futbolchilar nomi aytildi

"Manchester Yunayted"ning hujum uchun nishonlari ma'lum bo'ldi. Klub yozda markaziy hujumchi xarid qiladi. Bu joy uchun asosiy da'vogarlar Xarri keyn va Viktor Osimxendir.
Muqobil variantlar sifatida Randal Kolo-Muani, Gonsalu Ramush, Rasmus Xyoylunn va Muhammad Kudus nomlari keltirilgan.
Ayni damda "qizil iblislar" hujumda Vaut Vegxorstdan foydalanmoqda. U mavsum tugagach, "Byornli"ga qaytib ketadi.
Manba: teamtalk.com