"MYu" hujumchisini sotishga majbur

"Manchester Yunayted" etakchisi bo'lishi kutilgan hujumchi Markus Reshford yozda jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati uni sotishga tayyor.
Hujumchining amaldagi bitimi 2023 yilda yakun topadi va yozda sotilmasa, u holda klub uni keyingi yili tekinga qo'yib yuborishga majbur bo'lishi mumkin.
24 yoshli futbolchi uchun eng asosiy da'vogar "Arsenal" sanaladi. To'pchilar Reshfordni Lyakazett o'rniga olib kelishi aytilgan.
Manba: caughtoffside.com