"Fenerbaxche" o'zining yangi murabbiyi Joze Mourino bilan ishlashni hohlagan holda tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, "kanareykalar" himoyachi Viktor Lindelyof uchun "Manchester Yunayted"ga 8 million evro taklif qilmoqchi.

Qayd etilishicha, iyul oyida 30 yoshga to'ladigan Lindelyof Turkiyada Joze Mourino bilan qaytadan uchrashish g'oyasidan ilhomlangan.

Shvetsiyalik himoyachining "MYu" bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Yakunlangan mavsumda Viktor Lindelyof 28 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.