"MYu" hamda "Liverpul" uchun yo'llar ochiq

"Reyms" futbolchisi yozda jamoani tark etadi. Xabarlarga ko'ra, klub bosh direktori jamoa hujumchisi Yugo Ekitikening ketish ehtimoli borligi haqida gapirgan.
19 yoshli hujumchi bu mavsumda 10 ta gol hamda 2 ta assistga erishdi (23 ta o'yinda). Frantsiya yoshlar terma jamoasi a'zosi uchun "MYu", "Liverpul" hamda "Nyukasl" asosiy da'vogar sanaladi.
Manba: caughtoffside.com