Angliyaning "Brayton" klubi futbolchisi Iv Bissumaga "MYu" hamda "Liverpul" klublari katta qiziqish bilan qarayotgan edi. "Express" nashri xabariga ko'ra, Bisumma hozirda APLning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sanaladi.

Braytonliklar bilan 1 yillik shartnomasi qolgan malilik futbolchi hozirda 50 million funtga baholangan. U Sulsher jamoasi uchun mos futbolchi bo'lishi mumkin.

Norvegiyalik mutaxasisning asosiy markaziy yarim himoyachisi Maktominay jarohati sabab operatsiya qilingan va uzoq vaqt maydonga qaytmaydi. Shuningdek, Kloppga ham Bissuma o'yinlari ma'qul kelgan.