"Manchester Yunayted" Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Manuel Ugarte uchun kurashga kirishdi.

“Qizil iblislar” Londonning “Chelsi” va Frantsiyaning “PSJ” klublari bilan bu poygada bellashadi.

Portugaliyaning A Bola nashri xabariga ko'ra, Erik ten Xag jamoasi Ugarteni ham sotib olishga harakat qiladi, uning tovon puli 60 million evro. Futbolchi Angliya Premer-ligasida o'ynashni afzal ko'radi, biroq uning "Chelsi" varianti bor.

Ugarte tayanch yarim himoyachi. Uning "Manchester Yunayted"dagi o'rnida Kazemiro o'ynaydi.