"MYu" Girassidan umidini uzdi va e'tiborini boshqa futbolchiga qaratmoqda

"Manchester Yunayted" "Shtutgart" hujumchisi Sera Girassi uchun kurashdan voz kechishga qaror qildi. The Sun nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" e'tiborini "Sevilya" hujumchisi Yusuf En-Nosiriga qaratgan.
"Mankunianliklar" skautlari marokashlik futbolchining so'nggi uchrashuvlardagi o'yinlarini kuzatib borishdi. Katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted" afrikalik futbolchini yanvardagi transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Joriy mavsumda En-Nosiri 24 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining "Sevilya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 18 million evro.