"MYu"ga keraksiz futbolchiga APLning o'zidan xaridor chiqdi

"Manchester Yunayted" futbolchisi Londonga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem" "qizil iblislar" hujumchisi Jeydon Sanchoga da'vogarlik qilmoqda.
23 yoshli futbolchining yanvarda jamoadan ketishi aniq bo'lib ulgurgan. U uchun "Yuventus" va "Borussiya Dortmund" da'vogar sanaladi. Sancho 2021 yilda 73 million funtga xarid qilingan edi.
Manba: caughtoffside.com