Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Maruan Fellaini jamoadan ketishga yaqin.

Sportsmole nashrining xabariga ko'ra, “qizil iblislar”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher futbolchiga ishonch bildirmayapti va u bilan xayrlashishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli futbolchiga “Milan” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.