"MYu" futbolchisi Angliyaning uchinchi divizion vakiliga ijaraga berildi

"Manchester Yunayted" himoyachi Dishon Bernard jamoani tark etganini e'lon qildi.
22 yoshli angliyalik futbolchi mavsum oxirigacha uchinchi divizion vakili "Portsmut"ga ijara asosida o'tdi.
Jarohatidan tuzalgach, joriy mavsumda u "Manchester Yunayted" yoshlar jamoasida o'ynadi.
U avvalroq "Xall Siti" va "Salford Siti” klublarida ijara asosida o'ynagan.