Annibal Mejbri "Manchester Yunayted"dan "Byornli"ga o'tdi.

21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma 4 yilga mo'ljallangan.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 9 million funt sterlingdan oshgan. Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" futbolchi qayta sotilgandan so'ng summaning muhim foizini olish huquqini qo'lga kiritadi.

Yanvar oyidan beri Mejbri "Sevilya"da ijara asosida o'ynab kelayotgandi.