«MYu» o'z hujumchisini sotishga tayyor. Bu haqda «Mirror» nashri xabar berdi. Klubning frantsiyalik hujumchisi Martsial qoniqarsiz formasi tufayli jamoani tark etishi mumkin. Sancho transferidan keyin Sulsher 25 yoshli hujumchi uchun takliflarni eshitmoqchi. U o'tgan mavsumda atigi 7 ta golga mualliflik qilgan. Bu esa ko'plab tanqidlarga sabab bo'lgan edi.

Ma'lumot uchun Martsial 2015 yilda «Monako»dan 58 million funt evaziga sotib olingandi. Uning hozirgi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Manba: mirror.co.uk