"Manchester Yunayted" yozda besh hujumchi variantini ko'rib chiqadi. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati  kelasi transferlar oynasida top-hujumchi sotib olish niyatida. Klub uchun Xarri Keyn ustuvor maqsad sanaladi.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" zaxira variantlari sifatida Viktor Osimxen, Randal Kolo Muani, Evan Fergyuson hamda Ramus Xoylunni saqlab turibdi.

Manba: caughtoffside.com