"Manchester Yunayted" Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, Premer-liganing top-klubi 32 yoshli ispaniyalik futbolchini transfer qilish uchun "Barselona"ni rasmiy taklif yubordi.

Shu bilan birga, Alonsoning boshqa variantlari ham borligi qayd etilgan. Jumladan u Joau Feliksning transferiga kiritilishi mumkin. Portugaliyalik futbolchi "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tishni xohlayotgani ma'lum.

Aytish joizki, bir vaqtlar Markos Alonso Angliyada o'ynashga ulgurgan. u tumanli Albionda "Bolton" va "Chelsi" klublari sharafini himoya qilgan.