Londonning«Vest Xem» klubi nigeriyalik hujumchi Ahmad Musaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Angliya matbuoti xabar tarqatmoqda.

Ayni paytda Musa erkin agent sanaladi. Uning so'nggi klubi Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi bo'ldi va u saudiyani o'tgan yilning oktyabr oyida tark etgandi. «Vest Xem» Musa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolamoqchi.

Transfermarkt portali 28 yoshli nigeriyalik hujumchining transfer narxiri 6 million evro atrofida baholamoqda.