Mourinoning iste'fosi yordam bermadi, Pogba «MYu»ni tark etishi mumkin

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajigi so'roq ostida turipti.
Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, Mourinoning jamoadan ketgani, Pogba jamoada qoladi degani emas. U kelasi yozda jamoani tark etmoqchi.
Ta'kidlab o'tamiz, “MYu” frantsiyalik futbolchini 75 million evrodan kam bo'lmagan mablag'ga qo'yib yuborishga tayyor. U jori ymavsum 21 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.