«Monako» Jelson Martinshni sotib oladi

“Monako” yarim himoyachi Jelson Martinshni tarkibida olib qolmoqchi.
24 yoshli futbolchi “Monako”ga yanvar oyida ijara asosida “Atletiko”dan o'tgan edi.
Monegasklar bosh direktori Oleg Petrov klub portugaliyalik futbolchini butunlay sotib olishini ma'lum qildi.
Ushbu transfer taxminan 35 mln evroga amalga oshishi mumkin.