"Monako" futbolchisiga Angliyadan katta da'vogar bor

"Monako" futbolchisiga yana bir da'vogar klub paydo bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Frantsiya giganti yarim himoyachisi Yussuf Fofana uchun "Arsenal" ham qiziqish bildira boshlagan.
22 yoshli futbolchi ayni damda 30 million evroga baholanmoqda. Fofanaga anchadan beri "Nyukasl" va "Vest Xem" da'vo qilayotgan edi.
Manba: teamtalk.com