«Monako» Batshuayining transferini e'lon qildi

«Monako» vitse-prezidenti Vadim Vasilev «Chelsi» hujumchisi Mishi Batshuayi ijaraga olinganini ma'lum qildi.
Bu borada barcha klublar — "Chelsi", "Valensiya" va "Monako" o'zaro kelishuvga erishishgan. 25 yoshli belgiyalik futbolchi mavsumning birinchi yarmida valensiyaliklar safida to'p surgandi.
Terri Anri Belgiya terma jamoasida bosh murabbiy Roberto Martinesga yordamchilik qilgan va Batshuayining imkoniyatlarini yaxshi biladi.