Modrich yozda «Real»ni tark etmaydi

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich yozgi transfer paytida "Santyago Bernabeu"ni tark etmaydi. Xorvatiyalik futbolchining agentlari bu haqda unga kafolat berishgan.
Modrich «Red Bull Zaltsburg»ga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik (1:0) o'yinida jarohat tufayli maydonga tushmadi.
Avvalroq "Real" rahbariyati "PSJ" hujumchisi Neymarni qo'lga kiritish uchun Modrich va 120 million evro taklif qilgan edi.