Yoz yaqinlashgani sari transfer oynasida yangiliklar ko'payib boraveradi. Hozirda top klublar o'z tarkibini kuchaytirib olish maqsadida yangi futbolchilarni harid qilishni istashlari turgan gap! Bugun  e'tiboringizga transfer oynasi atrofidagi so'nggi yangiliklarni taqdim e'tamiz

«Barselona» Suarezdan norozi

Bu mavsumda Urugvaylik futbolchi «Barselona» tarkibidagi eng bo'sh mavsumini o'tkazganidan xabaringiz bo'lsa  kerak. Ispaniyalik mashxur jurnalist Alberto Rega o'z blogida yozishicha «Barsa» Suarezning davri o'tgan deb hisoblamoqda va uning o'rniga tezkor hujumchi harid qilish haqida bosh qotirmoqda. Rega bir nechta variyantlar ichida Grizman tanlovi haqiqatga yaqinroq deb post qoldirgan.

Grizman baribir ketadigan ko'rinadi

Darhaqiqat, «Ateltiko Madrid» hujumchisi jonajon klubidan ketishi  tobora oydinlashib bormoqda. Sababi Simionening uslubi borgan sari kamroq samara bermoqda va Antuan o'rtamiyona klub futbolchisiga aylanib qolyapti. Amaldagi Jahon chempioni sanaladigan futbolchining o'zi ham «Barselona»ga o'tishga qarshi emas. Bu transferning tahminiy qiymati 80 va 100 million oralig'ida deb baholanmoqda. «Matraschilar» Lukas va Godin bilan xayrlashishgan bo'lsa, Diego Kosta avvalgi darajasida futbol namoyish etmayapti, Morata esa barqaror o'yin ko'rsatmayapti. Bir so'z bilan aytganda Antuan umid qilgan kema sekin-astalik bilan cho'kib bormoqda va u ham hademay bu kemani tark etadigandek…

Ochofat Mino Rayola

O'zining uddaburonligi bilan futbol olamida juda mashxur bo'lgan Mino Rayola  Maties De Lightni «Barselona»ga sotishdan bosh tortdi. «Marca» nashrining habar berishicha tomonlar futbolchining transfer sumasini 70 millionga baholagan va bu summaning 20 foizi Rayolaga tegishi kerak. «Ayaks» klubi Rayolaning talabidan g'azabga mindi va «Barselona»dan transfer summasini ko'tarishini talab qildi. Bu ham etmagandek boshqa takliflarni ham ko'rib chiqish haqida bayonot bergan. Oqibatda «Barselona» klub va futbolchining agenti hoxish istaklarini inobatga olib futbolchini qo'lga kiritish uchun ko'proq pul to'laydigan bo'ldi.  Yana o'sha «Marca» nashri ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, futbolchining shartnomasini Mateysga manfaatli bo'lishi uchun  Mino Rayola hozirda Kataloniyada rahbariyati bilan «jang» olib bormoqda. Agar bu transfer amalga oshadigan bo'lsa, Italiyalik agent naqd 14 million evrolik bo'lib olishi mumkin! Uning ishbilarmonligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q!