"Milan" va "Real" muzokaralar olib borish niyatida

"Real Madrid"ning "Milan"da ijara asosida to'p tepayotgan futbolchisi Braim Dias yozda "rossonerilar"ning to'laqonli a'zosiga aylanishi mumkin.
Salciomercato nashrining xabar berishicha, "Milan" ispaniyalik futbolchining ko'rsatayotgan ishonchli o'yinlaridan so'ng, u bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda. Shuningdek, tomonlar ham muzokaralar olib borishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi ushbu mavsum A Seriyada 19 o'yin o'tkazgan holda, o'z hisobiga 2 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo'ydi.