"Milan" RPLdan futbolchi olmoqchi

Italiyaning "Milan" klubi "TsSKA" futbolchisi Nikola Vlashichni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning xabariga ko'ra, "rossonerilar" allaqachon futbolchining agentlari bilan aloqada.
Rossiya klubi o'z futbolchisini 30 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi Premer Ligada 21 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi