"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam "Milan"ning nishonida turibdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

"Rossonerilarlar" yozda angliyalik futbolchini sotib olmoqchi. "Qizil-qoralar" futbolchi uchun 17 million evro taklif qilishlari mumkin.

Abraxam jarohati tufayli o'tgan mavsumning aksariyat qismini o'tkazib yubordi. O'tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq rimliklar futbolchini sotishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.