"Milan" norvegiyalik futbolchisini sotuvga qo'ydi

"Milan" klubi yozgi transferlar oynasida o'z futbolchisi Yens Petter Xaugeni sotib yuborishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda "Tuttosport" nashri.
Qishda "Milan" klubiga kelib qo'shilgan Xauge transferidan "rossonerilar" 15 million evro ishlab topish niyatida.
Ma'lumot o'rnida, norvegiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda "Milan" safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.