"Milan" kutilmagan transfer amalga oshirishi mumkin

"Groningen" yarim himoyachisi Gabriel Gudmundsson "Milan"ning transfer maqsadiga aylandi.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, klublar allaqachon 22 yoshli shvedning transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashgan.
Niderlandiya klubi o'z futbolchisini 4-5 million evroga sotishga tayyor.
O'tgan mavsum Gudmundsson "Groningen" tarkibida 23 uchrashuv o'tkazdi va 5 golga uzatma berdi.